
Og‘ir atletikachilarimiz jahon chempionatiga tayyorlar
Ushbu nufuzli musobaka sportning mazkur turi buyicha Tokio 2020 Olimpiya o‘yinlari uchun litsenziya taqdim etuvchi dastlabki musobaqa hisoblanadi. Chempionatda jahonning 88 mamlakatidan 604 nafar sportchi ishtirok etishi kutilmoqda.
E’tiborlisi, jaxon chempionatida birinchi marta bellashuvlar yangi vazn toifalarida o‘tkaziladi.
Erkaklar o‘rtasidagi bahslarda: -61 kg, -67 kg, -73 kg, -81 kg, -96 kg, -109 kg va +109 kg.
Ayollar o‘rtasidagi bahslarda: -49 kg, -55 kg, -59 kg, -64 kg, -76 kg, -87 kg va +87 kg.
O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionatida quyidagi tarkibda qatnashadi:
Erkaklar:
-61 kg: Adhamjon Ergashev
-67 kg: Doston Yoqubov
-73 kg: Muhammadqodir Toshtemirov
-89 kg: Sunnatillo O‘sarov
-89 kg: Zaynobiddin Mahamadaminov
-102 kg: Akbar Jo‘raev
-109 kg: Ruslan Nurutdinov
+109 kg: Rustam Djangabaev
Ayollar:
-55 kg: Muattar Nabieva
-64 kg: Kumushxon Fayzullaeva
-81 kg: Tursunoy Jabborova
-87 kg: Dolera Davronova.
Fikrlar