OChL-2018: “Nasaf” ikkinchi turda 3 ochkoni qo‘lga kiritdi
Bugun OChL-2018 2-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda. Ular orasida “Nasaf” – “Al Vasl” bahsi ham o‘rin olgandi.
Qarshidagi “Markaziy” stadionda bo‘lgan bellashuvda tomonlar birinchi bo‘limda hisobni ocha olishmadi.
Ikkinchi taymning 57-daqiqasida Ro‘ziqul Berdiev shogirdlari ko‘p sonli hujumlaridan birinni samarali yakunlashdi. Burchakdan Slavko Lukich oshirib bergan to‘pni Igor Golban boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi – 1:0.
Bahsning qolgan daqiqalarida tomonlar har qancha harakat qilishmasin Golban tomonidan kiritilgan gol yagonaligicha saqlanib qolindi.
Shu tariqa, “ajdarlar” ikkinchi turga kelib, dastlabki g‘alabalarini tan’tana qilishdi.
OChL-2018, 2-tur.
18:00. “Nasaf” – “Al Vasl” 1:0
Gol: Igor Golban 57
“Nasaf”: 35.Sanjar Quvvatov, 6.Azizjon G‘aniev, 7.Odiljon Hamrobekov, 10.Bobir Abduxoliqov (8.Sanjar Rashidov, 90+4), 20.Islom Kenjaboev (27.Islom Rashidxonov, 55), 22.Igor Golban, 31.Saydullo Rahmatov, 55.Slavko Lukich, 69.Dragan Cheran, 77.Jasur Hasanov (17.Doniyor Narzullaev, 83), 92.Umarbek Eshmurodov.
Zaxira: 1.Umidjon Ergashev, 4.Maqsud Karimov, 5.G‘olib G‘aybullaev, 14.Sharof Muhitdinov.
“Al Vasl”: 1.Sulton Al Manteri, 3.Abdulloh Saloh, 4.Abdulla Jassim, 5.Ali Salmon Al Balushi (78.Xalil Xamis, 65), 7.Kayo Kanedo (88.Humaid Abbos, 24), 8.Entoni Kaseres, 15.Abdulla Al Naqbi, 17.Ronaldo Mendes, 22.Muhammad Hasan (99.Ali Solih, 46), 44.Salim Juma Alazizi, 77.Hazza Al Farezi.
Zaxira: 12.Yusuf Abdulla, 13. Xolid Al Shayboni, 24.Hamad Al Bolushi, 55.Axmad Essa Juma.
Ogohlantirishlar: Ali Salmon 18, Saydullo Rahmatov 18, Abdulla Al Naqbi 64, Umarbek Eshmurodov 64, Humaid Abbos 70, Islom Rashidxonov 90+4.



Fikrlar