
Novak Jokovich chorak finalga yo‘l oldi
Qatarda Professional tennischilar uyushmasi tomonidan o‘tkazilayotgan turnirda serbiyalik tennischi Novak Jokovich chorak finalga yo‘l oldi.
Doxa shahri mezbonlik qilayotgan musobaqaning ikkinchi davrasida Novak vengriyalik Marton Fuchovichni uch setda, - 4:6, 6:4, 6:1 hisobida engdi.
Endi Jokovich "Qatar Exxon Mobil Open" turnirining 1/4 finalida rossiyalik Andrey Rublyov, yoki gruziyalik Nikoloz Basilashviliga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar