Hindistonning Navi Mumbay shahrida tennis bo‘yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi musobaqada tennischi qizlar birinchi davra uchrashuvlarini o‘tkazishmoqda.
Sovrin jamg‘armasi 25,000 AQSh dollarini tashkil qiluvchi mazkur turnirda mamlakatimiz sharafini Nigina Abduraimova himoya qilmoqda.
Nigina musobaqaning birinchi davrasida AQSh vakilasi Anastasiya Nefedovaga qarshi kortga chiqadi. Ushbu o‘yin Toshkent vaqti bilan 14:00da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, N.Abduraimova juftlik bahslarida chorak finalga chiqdi.
Fikrlar