"Neftchi" Farg‘ona viloyati derbisida "Qo‘qon-1912"ni mag‘lub etdi

  • 21 iyul, 2017, 23:25
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ikkinchi davraga Toshkentda tayyorgarlik ko‘rayotgan Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi 21 iyul kuni Farg‘ona viloyatining yana bir jamoasi “Qo‘qon-1912″ga qarshi o‘rtoqlik bahsida ishtirok etdi. Uchrashuvda Vadim Abramov shogirdlari 3:1 hisobida g‘alabaga erishishdi. Bu haqda "Neftchi" matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tecno

Bahsda birinchilardan bo‘lib “Neftchi” jamoasi hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. 18-daqiqada Muzaffar Muzaffarov Qo‘qon klubi darvozasiga jarima to‘pini amalga oshirdi. Ilk urinishda qo‘qonliklar darvozaboni to‘pni qaytardi. Biroq qaytgan to‘pga birinchi bo‘lib etib kelgan Alisher Shog‘ulomov to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi. 1:0. Shu tariqa hisob ochildi.

Birinchi bo‘lim yakunlanib borayotganda qo‘qonliklarning serbiyalik legioneri Filipp Rayevats O‘tkir Yusupov darvozasiga javob golini kiritdi. Dastlabki bo‘lim hisobdagi durang ko‘rinishida nihoyalandi.

Ikkinchi bo‘limda jamoa vakillari yana ikki marta raqib darvozasini ishg‘ol etishga erishishdi. Mansur Saidov o‘rniga zahiradan maydonga tushgan Sherzod Hakimov penaltidan Ribkin darvozasini aniq nishonga oldi. 2:1.

Yaqindagina terma jamoa ixtiyoridan “Neftchi” safiga qo‘shilgan Abdujamol Isroilov shu kuni zahiradan maydonga tushdi va yosh futbolchi Vadim Abramovning ishonchini oqladi. 69-daqiqada Isroilov juda chiroyli tarzda gol kiritib hisobni 3:1 ko‘rinishiga olib keldi.

“Qo‘qon-1912” – “Neftchi” – 1:3 (1:1)

Gollar: Filip Rayevats – 39.  – Alisher Shog‘ulomov – 18, Sherzod Hakimov – 57 (pen),  Abdujamol Isroilov – 62

“Neftchi” mazkur o‘rtoqlik bahsida quyidagi tarkibda harakatlandi:

Asosiy tarkib: O‘tkir Yusupov, Jasur Hasanov, Muhsin Ubaydullaev, Kamron Kapadze, Murod To‘ychiboev, Bobur Davlatov, Muzaffar Muzaffarov, Abdulrahmon Abdulhaqov, Mansur Saidov, Otabek Haydarov, Alisher Shog‘ulomov.

Zaxira: Sherzod Hakimov, Abdujamol Isroilov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!