
"Navro‘z-2018" marafoni bo‘lib o‘tdi (foto)
Erta tongda poytaxtimiz ko‘chalari sportsevar yoshlar bilan gavjum bo‘ldi. Yuzlab yoshlar O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va O‘zbekiston engil atletika federatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan “Navro‘z – 2018 marafoni”da faol qatnashdi.
Poytaxtdan tashqari respublikamizning barcha hududlarining markaziy ko‘chalarida 21 kilometrdan iborat masofada tashkil etilgan marafonda oliy o‘quv yurtlari talabalari, maktab o‘quvchilari, faxriylar, uyushmagan yoshlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy tarbiya va sportni yoshlarning kundalik turmush hayotiga kiritish maqsadida tashkil qilingan marafonda uch xil: 2018 metr, 3 va 21 kilometrlik masofalarda bahslar o‘tkazildi. Poytaxtimizning Nukus ko‘chasidan “Paxtakor” markaziy stadionigacha bo‘lgan ko‘chalarda o‘tkazilgan musobaqalarda marra chizig‘iga birinchilardan bo‘lib etib kelgan ishtirokchilarni tashkilotchilar velosipedlar, diplom va medallar bilan taqdirladi. Qolgan barcha qatnashchilarga faxriy yorliqlar topshirildi.
Shuningdek, marafon qatnashchilari uchun kontsert tashkil etilib, unda yoshlarning sevimli san’atkorlari kuy-qo‘shiqlari bilan ishtirok etdi.
Manba: uza.uz
Fikrlar