
“Navbahor” Toshkentda nazorat o‘yini o‘tkazadi
Birinchi bosqich bahslari yakuniga ko‘ra, kuchli oltilikdan o‘rin olgan "Navbahor" ikkinchi bosqich uchrashuvlariga tayyorgarlik asnosida Toshkentda bir qator nazorat bahslari o‘tkazishni rejalashtirgan. Hozircha sparring-raqiblar ma’lum emas.
“Lochinlar” poytaxtimizda 31 avgustgacha yig‘in olib borishadi. Shundan so‘ng, jamoa a’zolari Mustaqillik bayrami munosabati bilan 2 kunlik ta’tilga chiqishadi. 3 sentyabrdan esa mashg‘ulotlar Namanganda davom ettiriladi.
Fikrlar