
Nasri yana APLga qaytishi mumkin
"Manchester Siti" klubi sobiq yarim himoyachisi Samir Nasri yana APLga qaytishi mumkin.
Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra 31 yoshli frantsiyalik futbolchining xizmatlariga “Everton”dan jiddiy qiziqishlar paydo bo‘la boshlagan. Ta’kidlash kerakki, Nasri ayni damda erkin agent hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, Nasrining doping diskvalifikatsiyasi joriy yilning 1 noyabrida nihoyasiga etadi va u shundan so‘ng futbol bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘ladi.
Fikrlar