
"Napoli" yoki "Atletiko"? Suares qay birini tanladi?
Kataloniyaning “Barselona” klubi yarim himoyachisi Denis Suares o‘ziga qizqish bildirayotgan "Atletiko" va "Napoli" jamoalari orasida o‘ziga hos tanlovni amalga oshirdi.
Bir qator ispan nashrlarining yozishicha yozda “ko‘k-anor ranglilar” safini tark etishni rejalashtirayotgan 24 yoshli futbolchi Neapol jamoasida to‘p surish istagini bildirmoqda. Suaresning fikricha to‘psiz o‘ynaydigan “matraschilar”dan ko‘ra, “Napoli”ning o‘yin uslubi o‘ziga ko‘proq mos tushadi.
Ma’lumot uchun, Suares joriy mavsum “Barselona” safida jami 18ta uchrashuvda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 3ta gol hamda 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar