“Napoli” Benzema uchun narxni oshirdi

  • 18 iyul, 2018, 09:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyaning "Napoli" klubi o‘z safini "Real" forvardi Karim Benzema bilan kuchaytirmoqchi.

Tecno

Daily Mail nashri tarqatgan xabarga ko‘ra neapolliklar 30 yoshli frantsiyalik futbolchi uchun 45 mln evro to‘lashga tayyor. Eslatib o‘tish lozimki, bundan avvalroq “qirollik klubi” Italiya vitse-chempionining Benzema borasidagi yuborgan 40 millionlik taklifini rad etgan edi.

Ma’lumotlarga qaraganda Benzemani “Napoli”da shaxsan jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti ko‘rishni istamoqda. Qayd etish lozimki, Anchelotti va Benzema o‘z vaqtida “Real”da birga faoliyat olib borishgan.

Ma’lumot uchun, Benzema o‘tgan mavsum madridliklar safida jami 47ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblari darvozasiga 12ta gol urishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Sag'indiq Kenjebaev
18/07/2018 10:31
Бензема хеч қайерга сотилмайди!