
Musaevning jamoasi so‘nggi daqiqalarda iroda ko‘rsatdi
Bugun Yaponiya J ligasida 30-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. Hamyurtimiz Fozil Musaev to‘p suradigan “Jubilo Ivata” klubi bu turda “Albireks Nigata” jamoasini qabul qildi.
Mazkur bahsda OChL yo‘llanmasi uchun kurashayotgan "Jubilo Ivata" sal bo‘lmasa turnir jadvalida so‘nggi o‘rinda ketayotgan jamoaga mag‘lub bo‘lishi mumkin edi.
Biroq uchrashuvga hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda kiritilgan gol evaziga ivataliklar 1 ochkoga ega bo‘lishdi.
Musaev o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va 64-daqiqada zaxiraga olindi.
Yaponiya J ligasi. 30-tur
“Jubilo Ivata” – “Albireks Nigata” 2:2.
Fikrlar