
Musaevning jamoasi safarda ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi
Bugun Yaponiya J ligasida 33-tur o‘yinlari start oldi. Hamyurtimiz Fozil Musaev to‘p suradigan “Jubilo Ivata” klubi o‘z safarda “Sagan Tosu”ni qabul qildi.
Ushbu o‘yinda Yoshidaning avtogoli va Kavamatalar tomonidan kiritilgan gollar tufayli mehmonlar safarda bo‘lishlariga qaramay 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Hamyurtimiz o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va 64-daqiqada hakam tomonidan ogohlantirilib, 65-daqiqada sherigiga o‘z o‘rnini bo‘shatib berdi.
Chempionat yakunlanishiga 1 tur qolganida ivataliklar turnir jadvalida 57 ochko to‘plagan holda 5-o‘rinda bormoqda.
Yaponiya J ligasi. 33-tur
“Sagan Tosu” – “Jubilo Ivata” 0:2.
Fikrlar