Musaevning jamoasi mavsumni 6-o‘rinda yakunladi

  • 2 dekabr, 2017, 12:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Yaponiya J ligasida so‘nggi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Hamyurtimiz Fozil Musaev faoliyat olib boradigan “Jubilo Ivata” klubi o‘z maydonida “Kashima Antlers”ni qabul qildi.

Tecno

Ushbu o‘yinda hisob ochilmadi. Musaev o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va 76-daqiqada zahiraga olindi.

Mavsum yakuniga ko‘ra esa Musaevning jamoasi 58 ochko to‘plagan holda turnir jadvalida 6-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Qayd etish joiz, OChL chempioni bo‘lgan “Urava Reds” jamoasi 7-o‘rinni egalladi.

Yaponiya J ligasi. 34-tur

“Jubilo Ivata” – “Kashima Antlers” 0:0.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!