Musaevning jamoasi kuchli klub bilan durang o‘ynadi

  • 18 mart, 2018, 13:57
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Yaponiya J ligasida 4-tur o‘yinlari bo‘lib   o‘tmoqda. Hamyurtimiz Fozil Musaev faoliyat olib boradigan “Jubilo Ivata” klubi safarda “Sanfrechche Xirosima”ga qarshi bahs olib bordi.

Tecno

Xirosimadagi “Yamaoka” stadionida kechgan qarama-qarshilikda hisob ochilmadi – 0:0. Musaev bugun zahirada qoldi.

Ushbu natijadan so‘ng “Jubilo Ivata” jamg‘argan ochkolar soni 4 taga etdi va jamoa turnir jadvalidagi 18 klub orasida 14-o‘rinda bormoqda.

Yaponiya J ligasi. 4-tur

“Sanfrechche Xirosima” – “Jubilo Ivata” 0:0.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!