
Musaevning jamoasi OChL yo‘llanmasi uchun kurashmoqda
Hozirgina Yaponiya J Ligasi 29-turidan o‘rin olgan “Shimutsu” hamda “Jubilo Ivata” jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘z nihoyasiga etdi.
Mazkur o‘yinda hamyurtimiz Fozil Musaev to‘p suradigan “Jubilo Ivata” safardan 3:0 hisobidagi g‘alaba bilan ortga qaytadigan bo‘lishdi. Hamyurtimiz 90 daqiqa o‘ynadi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng, ivataliklar jamg‘argan ochkolari soni 50 taga etdi va jamoa 5-o‘rinda bormoqda.
Ularni OChL saralashiga yo‘llanma beruvchi o‘rindan 3, OChL guruh bosqichida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘ynash imkonini beruvchi o‘rindan esa 6 ochko ajratib turibdi. Chempionat bahslari tugashiga esa yana 5 ta tur bor.
Yaponiya J ligasi. 29-tur
“Shimutsu” – “Jubilo Ivata” 0:3.
Fikrlar