
Mourino okean ortida ish boshlashi mumkin
Argentinaning "Boka Xuniors" klubi kuni kecha “Manchester Yunayted”dan iste’foga chiqarilgan Joze Mourinoning xizmatlariga qiziqish bildira boshladi.
Tuttomercatoweb tarqatgan xabarga ko‘ra portugaliyalik mutaxassisni okean ortiga “Boka” sport direktori Nikolas Burdisso taklif qilmoqda. Aytish lozimki, Burdisso o‘z vaqtida “Inter”da aynan Mourino qo‘l ostida to‘p surgan va uning imkoniyatlarini yaxshi biladi. Bundan tashqari Mourinoga “Boka Xuniors”da “Inter”dagi yana bir shogirdi Esteban Kambyasso assistentlik qilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Mourinoga shuningdek “Real” va “Inter” klublaridan ham jiddiy qiziqishlar mavjud.
Qayd etish kerakki, “Boka Xuniors” rahbariyati Libertadores kubogi finalida uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng bosh murabbiyni iste’foga chiqargan edi.
Fikrlar