
Mourino: Pogba shu paytgacha MYudan ketmoqchiligi haqida aytmadi
"Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Joze Mourino frantsiyalik yarim himoyachi Pol Pogba hech qachon jamoadan ketish haqida gapirmaganini aytdi.
“Pol Jahon chempionatidan so‘ng klubga qaytdi va biz taxminan 2 oydan buyon birga ishlayapmiz. U bu vaqt orasida menga jamoadan ketmoqchiligi haqida biror marta ham gapirmadi. Hech qachon. Men faqat haqiqatni gapiraman, OAVlar yozayotganini emas”, - deydi portugaliyalik mutaxassis.
Fikrlar