
"Monako"ga vunderkind keldi
Frantsiya chempionati ishtirokchisi "Monako" o‘z rasmiy saytida yangi futbolchi olganini e’lon qildi.
Bungacha Gollandiya chempionatida "Ayaks" sharafini himoya qilgan belgiyalik yarim himoyachi Franko Antonuchchi "Monako" bilan uch yillik shartnoma imzoladi. 17 yoshli iste’dod egasi Frantsiya klubiga uch million evroga tushgani aytilmoqda.
Bu futbolchi "Ayaks" tarkibiga 2015 yili "Anderlext"dan kelib qo‘shilgan va 19 yoshgacha bo‘lgan jamoa safida yoshlar chempionatida to‘p surgan.
Fikrlar