Millatlar ligasi. Gollandiya Frantsiya ustidan uzoq kutilgan g‘alabani qo‘lga kiritdi

  • 17 noyabr, 2018, 02:54
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rotterdamdagi "De Kuyp" stadionida kechgan bellashuvda mezbonlar 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Gollarga Jorjino Veynaldum va Memfis Depaylar mualliflik qilishdi.

Tecno

Ma’lumot uchun, "uchar gollandlar" Frantsiyani so‘nggi bor 2008 yilgi bahsda mag‘lub etgan edilar va oradan yana 10 yil o‘tib, bu ishni takrorlashning uddasidan chiqishdi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng Ronald Kuman shogirdlari hisobidagi ochkolar soni 6 taga etdi va 2-o‘rinda bormoqda. Jamoa kelgusi tur Germaniya maydonidan kamida durang natija bilan qaytsa, guruh g‘olibi bo‘ladi. Boisi, hisobida 7 ochkosi bor Frantsiya o‘z o‘yinlarini o‘tkazib bo‘ldi.

Germaniya - Gollandiya bellashuvi esa 19 noyabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!