Meksika terma jamoasining JCh-2018 uchun yakuniy tarkibi e’lon qilindi

  • 4 iyun, 2018, 16:59
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Meksika terma jamoasining JCh-2018da ishtirok etadigan yakuniy tarkibi e’lon qilindi.

Tecno

Joriy tarkibga 39 yoshli Rafael Markes ham kiritlgan. Ushbu mundial himoyachi faoliyatida beshinchisi bo‘ladi.

Darvozabonlar: Xesus Korona («Krus Asul»), Alfredo Talavera («Toluka»), Gilermo Ochoa («Standard», Belgiya);

Himoyachilar: Edson Alvares («Amerika»), Ugo Ayyala («Tigres»), Xesus Galyardo (UNAM), Migel Layyun («Sevilya», Ispaniya), Ektor Moreno («Real Sosedad», Ispaniya), Diego Reyes («Portu», Portugaliya), Karlos Salsedo («Ayntraxt» F, Germaniya), Xesus Korona («Portu»);

Yarim himoyachilar: Marko Fabian («Ayntraxt»), Xonatan dos Santos, Djovani dos Santos («Los-Andjeles Gelaksi», SShA), Andres Guardado («Betis», Ispaniya), Ektor Errera («Portu»), Rafael Markes («Atlas»);

Xujumchilar: Xaver Akino («Tigres»), Xaver Ernandes («Vest Xem», Angliya), Raul Ximenes («Benfika», Portugaliya), Irving Losano (PSV, Niderlandy), Oribe Peralta («Amerika»), Karlos Vela («Los-Andjeles»).

Meksika terma jamoasi JCh-2018 guruh bosqichida Germaniya, Janubiy Koreya va Shvetsiyaga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!