Mbappe rekord o‘rnatdi
PSJ forvardi Kilian Mbappe kecha Frantsiya chempionatining 4-turidan o‘rin olgan “Nim”ga (4:2) qarshi bahsda gol urishga erishdi.
E’tiborlisi 19 yoshli futbolchi shu tariqa o‘zining Frantsiya chempionatidagi gollari sonini 33 taga etkazib oldi. Bu natijaga esa XXI asrda 20 yoshgacha bo‘lgan birorta futbolchi hozircha erisha olmagan edi.
Bu boradagi Mbappedan keyingi o‘rin “Real” forvardi Karim Benzemaga tegishli. U “Lion”da o‘ynagan paytlarida 20 yoshigacha Frantsiya chempionatida 18ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.



Fikrlar