
Mbappe kuchli beshlik chempionatlari to‘purariga aylanib oldi
PSJ klubi forvardi Kilian Mbappe kecha Frantsiya chempionatining 15-turida “Bordo”ga (2:2) qarshi kechgan o‘yinda o‘z gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
Ta’kidlash kerakki, bu 19 yoshli futbolchining joriy mavsum chempionatdagi 12-goli bo‘ldi. Opta statistik portali tarqatgan xabarga ko‘ra Mbappe ayni damda Evropaning kuchli beshlik chempionatlari to‘purariga aylanib turibdi.
Mbappedan keyingi o‘rinlarni esa Kristiana Stuani («Jirona» 11ta gol), Per-Emerik Obameyang («Arsenal» 10ta gol), Krishtianu Ronaldu («Yuventus» 10ta gol), Kshishtof Pentek («Jenoa» 10ta gol), Pako Alkaser («Borussiya» D 10ta gol) va Luka Yovich («Ayntraxt» 10ta gol) kabi futbolchilar borishmoqda.
Fikrlar