
Mayk Tayson og‘ir vaznda eng zo‘r bokschi kimligini aytdi
Afsonaviy Mayk Tayson so‘zlariga ko‘ra, Entoni Joshua super og‘ir vazn toifasida eng zo‘r bokschi bo‘lib turibdi.
– Joshua hozirda super og‘ir vazn toifasining engg yaxshi bokschisi. Tayson Fyuri esa bir qancha vaqt jang qilmadi. Unda bu nomga ega chiqishi uchun etarlicha jang yo‘q. U ko‘proq janglarni yutishi talab etiladi, – deydi Tayson BoxingScene nashriga.
Eslatib o‘tamiz, Joshua so‘nggi jangida rossiyalik Aleksandr Povetkin nokautga uchratgan edi. Endi u Deontey Uaylder bilan uchrashishni istamoqda, agarda amerikalik bokschi Tayson Fyurini mag‘lub eta olsa.
Fikrlar