Matyuidi: Ronaldu "Oltin to‘p"ga loyiq

  • 29 noyabr, 2018, 23:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning "Yuventus" klubi yarim himoyachisi Blez Matyuidi portugaliyalik jamoadoshi Krishtianu Ronalduni “Oltin to‘p”ga loyiq deb hisoblashini aytdi.

Tecno

“Ronaldu bu mukofotga loyiq. U golga judayam chanqoq. Bu borada u boshqalardan ajralib turadi”, - deydi frantsiyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Ispaniyaning Onda Cero radiosi bu yilgi “Oltin to‘p” sovrini xorvatiyalik Luka Modrichga nasib etishi haqida xabar tarqatgan edi.

Ma’lumot uchun, Ronaldu joriy mavsum “Yuve” safida jami 17ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 10ta gol hamda 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!