
Matichning MYuga qanday yordami tegmoqda? (Erkin G‘aybullaev blogi)
“Manchester Yunayted” boshqaruviga Ole Gunnar Sulsher kelishi ortidan “Old Trafford”dagi ishlar ancha yurishib ketdi. Markus Reshford va Pol Pogbalar qayta kashf qilindi. Joze Mourino qo‘li ostida ular “istalmagan shaxs”ga aylanib qolishgandi.
Ammo birgina futbolchi norvegiyalik murabbiy qo‘li ostida ancha rivojlanishga erishmoqda. U ham bo‘lsa Nemanya Matich.
Serbiyalik gigant futbolchi so‘nggi bir necha oylarda portugaliyalik murabbiy boshqaruvi ostidagidan ancha yorqin o‘yinlarini ko‘rsatmoqda.
Xo‘sh, qanday sabablar uni muhim figuraga aylantirmoqda?
Kuchli xarakter
6.4 futlik Matich Premer Liganing eng bo‘ydor futbolchisi hisoblanadi va MYu yarim himoyasining muhim figurasi edi.
Bo‘yi-basti va jismoniy ko‘rsatkichlari sabab Matich raqiblari ustidan osonlikcha o‘z tizginini o‘tkazish bo‘yicha ustunlikka ega. Ammo u buni portugaliyalik murabbiy qo‘li ostida qila olmasdi. Uning davrida Matich 90 daqiqada atigi 0.8 fol ishlatardi.
Sulsher murabbiyligida u bir o‘yinda o‘rtacha 1.12 fol ishlatmoqda. Raqibning qarshi hujumlarini ancha samarali tarzda buzmoqda.
Bu xususiyati unga “Chelsi”da juda asqotgandi. “Old Trafford”dagi dastlabki mavsumida ham ish bergandi. Bu mavsumda u yana bu jihatini topib oldi.
Uzatmalari ijobiyligi
Mourinoning asosiy muammosi bu o‘yin uslubi va ham shogirdlari ham maydondan tashqaridagilarning bunga bo‘lgan salbiy munosabati edi. Himoyani mustahkamlash maqsadida qurilgan ushbu taktika serb futbolchisini iqtidorini “ko‘mib qo‘ygandi”.
Sulsher esa bularning hammasini butkul o‘zgartirdi va hatto kiyinish xonasida ham Matich norvegiyalik mutaxassisning muhim futbolchisiga aylandi.
“U doim ijobiy” – deya intervyu berdi Matich yangi ustozi haqida fikr bildirarkan.
“To‘g‘ri biz juda yaxshi o‘yin namoyish qila olmayapmiz, bunga vaqt kerak. Ammo u doim o‘zgarmas, ijobiy kayfiyatda. Matbuot anjumanida ham kiyinish xonasida ham birday kayfiyatda.”
Bunday ijobiylik “Benfika”ning sobiq vakili o‘yiniga ham ta’sir qilmay qo‘ymadi. U har bir o‘yinda o‘rtacha 9.37 pas uzatmoqda. Bu ko‘rsatkich Mourino davrida 6.88 ni tashkil qilardi.
“Qizil iblislar” ayni vaqtda ancha kuchli, ijobiy o‘yin taklif qilmoqda. Matich esa bunda asosiy rolni bajarmoqda.
Muvozanatni ushlab turishi
Klubning “o‘zgacha” davridagi paytida ularga muvozanat etishmasdi. Pogba u istaganidek oldingi chiziqda emas, orqaroqda o‘ynashga majbur edi. Ander Errera, Fred va MakTominilar kabi, bechora Matich oldinga intilishdan ko‘ra himoyaga yordam berishi shart edi.
Sulsher esa “Old Trafford”ga kelganidan beri keskin o‘zgarishlar qilgani yo‘q. Ammo u yulduz futbolchilariga o‘z sevimli pozitsiyasilarida o‘ynashiga qo‘yib bermoqda. Maydonning ba’zi qismlaridagi hamkorlikni o‘rnatishda yordam berdi.
Shulardan biri maydon yarmida Matich/Errera/Pogba uchligi bo‘lmoqda. Matich va Pogba Sulsher qo‘li ostida Premer Liganing har bir uchrashuvida ilk daqiqalardan harakat qilgan. Errera esa Mourino davrida ham ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lgani sabab undagi o‘yin amaliyoti (648 daqiqa) yuqoriroq.
Aslida u Pogbaning “qo‘llarini echib yubordi” va jamoadoshining erkin harakatlanishiga katta yordam bermoqda. Kamiga hujumchilarni to‘p bilan ajoyib tarzda ta’minlamoqda va raqibning qarshi hujumlarini qaytarmoqda.
Ushbu nisbatan yangi tizimda serb futbolchisi ancha muhim vazifalarni o‘z elkasiga olmoqda va bu ham o‘zi ham klubiga foydasi tegmoqda.
Fikrlar