Maskerano “River Pleyt”ga o‘tishi mumkin

  • 3 oktabr, 2018, 15:38
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xitoyning “Xebey Chayna Forchun” klubi himoyachisi Xaver Maskerano “River Pleyt”ga o‘tishi mumkin. U ushbu jamoada 2003 yili faoliyatini boshlagan. Bu haqda La Pagina Millonaria nashri ma’lum qilgan.

Tecno

Manabada yozilishicha, 34 yoshli argentinalik futbolchining 2019 yil yanvarga qadar mo‘ljallangan shartnomasini muddatidan oldin bekor qilishga huquqi bor. Maskerano Buenos-Ayres klubiga o‘tishni xohlamoqda va vataniga qaytishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, futbolchi Xitoy jamoasiga “Barselona”dagi etti yillik faoliyatidan so‘ng kelgan edi. U shuningdek, “Liverpul”, “Vest Xem” va “Korintians” jamoalarida to‘p surgan.

JCh-2018 turniri nimchorak finalidagi omadsizlikdan so‘ng u Argentina termasidagi 15 yillik faoliyatiga yakun yasadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!