"Marsel" "Roma" futbolchisi uchun 25 million evro taklif qilmoqda

  • 26 avgust, 2018, 14:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rimning “Roma” klubi yarim himoyachisi Kevin Strotman faoliyatini “Marsel”da davom ettirishi mumkin.

Tecno

Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra frantsuz klubi 28 yoshli gollandiyalik futbolchi uchun “bo‘rilar”ga 25 million evro taklif qilishgan. Qolaversa, ular futbolchining o‘ziga ham yiliga 4,5 million evro maosh to‘lashga tayyor.

O‘z navbatida “Roma” bu boradagi yakuniy qarorni Strotmanning o‘ziga qo‘yib berdi. Futbolchi ayni damda taklifni o‘rganib chiqmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Marsel”da ayni damda Strotman bilan “Roma”da birga faoliyat olib borgan mutaxassis Rudi Garsiya bosh murabbiy hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!