
Markos Alonso tez orada "Chelsi" bilan shartnomasini uzaytiradi
Londonning "Chelsi" klubi himoyachisi Markos Alonso tez orada “aristokratlar” bilan amaldagi shartnomasini uzaytirishiga sha’ma qildi.
“Men "Chelsi"da baxtliman. Nazarimda klub ham men bilan baxtli. Boisi ular hali amaldagi shartnomam tugashiga 2 yil borligiga qaramay menga yangi shartnoma taklif qilishmoqda. Biz hozir muzokaralar o‘tkazyapmiz. Agar hammasi yaxshi yakunlansa, oy oxirigacha yangi kelishuvga imzo chekaman”, - deydi ispaniyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Alonsoga Madridning “Real” klubi jiddiy qiziqish bildira boshlagani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar