Markos Alonso otasi qilgan ishni qildi

  • 9 sentabr, 2018, 01:12
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” himoyachisi Markos Alonso Ispaniya terma jamoasi safida Angliyaga qarshi bo‘lib o‘tayotgan o‘yinni asosiy tarkibda boshladi.

Tecno

E’tiborlisi, bugun 27 yoshli futbolchi “qizil furiya” safida ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushdi. Qiziq tomoni, Alonsoning otasi ham bundan 37 yil muqaddam Ispaniya terma jamoasi safida debyut o‘yinini o‘tkazgan va ushbu bahs “Uembli”da Angliyaga qarshi bo‘lib o‘tgan edi.

Ma’lumot uchun, Markos Alonso asli “Real” Madrid tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U “qirollik klubi” safida 2010 yil 1ta o‘yinda maydonga tushgan holos. Uning otasi esa faoliyati davomida “Atletiko” va “Barselona”da o‘ynagan. Alonsoning bobosi esa 8 yil “Real”da to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!