Markaziy Osiyo qilichbozlik Konfederatsiyasi tashkil etildi

  • 18 noyabr, 2018, 14:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

17 noyabr kuni Toshkentda Markaziy Osiyo mamlakatlari qilichbozlik federatsiyalari rahbarlarining kengashi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi ijroiya qo‘mitasi a’zosi V.Logvin ham ishtirok etdi.

Tecno

Kengashda so‘zga chiqqan Logvin mintaqada qilichbozlik sporti shiddat bilan rivojlanayotganligini hisobga olgan holda, shuningdek milliy qilichbozlik federatsiyalari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida Markaziy Osiyo qilichbozlik Konfederatsiyasini tashkil etish masalasini ko‘rib chiqishni taklif qildi.

Kengash qatnashchilari ushbu tashabbusni yakdillik bilan ma’qulladilar. Yig‘ilishda so‘zga chiqqan Qozog‘iston qilichbozlik federatsiyasining vitse-prezidenti R.Kichikov Markaziy Osiyo qilichbozlik konfederatsiyasi rahbar organini shakllantirish zarurligini ta’kidlab, Markaziy Osiyo qilichbozlik konfederatsiyasi prezidenti lavozimiga O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasining raisi Rustam Shoabdurahmonov nomzodini taklif qildi.

Kengash qatnashchilari bir ovozdan R.Shoabdurahmonov nomzodini qo‘llab-quvvatladilar va Markaziy Osiyo qilichbozlik konfederatsiyasi prezidenti etib sayladilar.

Konfederatsiya bosh kotibi lavozimiga Afg‘oniston qilichbozlik federatsiyasi prezidenti A.Tarik, tashkilot vitse-prezidentiligiga esa Qozog‘iston qilichbozlik federatsiyasining vitse-prezidenti R.Kichikov saylandi.

O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!