Markaziy Osiyo basketbol assotsiatsiyasining shtab-kvartirasi Toshkentga ko‘chirildi

  • 15 fevral, 2019, 11:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

13 fevral kuni Almati shahrida Markaziy Osiyo basketbol assotsiatsiyasi (CABA)ning navbatdagi Konferentsiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tecno

Yig‘ilishda Xalqaro basketbol federatsiyalar assotsiatsiyasi (FIBA)ning Osiyo mintaqasi bo‘yicha Bosh kotibi Agop Xadjiryan hamda Konfederatsiyaga a’zo mamlakat vakillari ishtirok etishdi. Mazkur yig‘ilishda o‘zbek basketboli uchun tarixiy bo‘lgan voqeliklardan biri ro‘y berdi. Unga ko‘ra, tashkilotning shtab-kvartirasi Toshkent shahriga ko‘chirildi. Quvonarlisi, Konferentsiya davomida bir yo‘la ikki nafar hamyurtimiz CABAning Markaziy Kengash tarkibiga kirdi. O‘zbekiston basketbol federatsiyasining birinchi vitse-prezidenti Xurshid G‘iyosov CABAda g‘aznachilik bo‘limini boshqaradigan bo‘ldi. Shuningdek, O‘zbekiston basketbol federatsiyasi Bosh kotibi Ravshan G‘aniev mintaqaviy Konfederatsiyada ham Bosh kotib sifatida ish yuritadi.

Ma’lumot uchun, mazkur Konfederatsiya O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Tojikiston baksetbol federatsiyalaridan tashkil topgan. Bungacha tashkilot qarorgohi Qozog‘istonning Almati shahrida joylashgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!