
Mariya Sharapovaning maqsadi jiddiy
Rossiyalik tennischi Mariya Sharapova yangi mavsumdan nimalar kutayotgani haqida to‘xtalib o‘tdi.
"Shenchjenda o‘ynashimdan xursandman. Elkamdan olgan jarohatimdan uzoq mudadda qutildim. Dastlabki o‘yinlarim qoniqarli bo‘lmasligi mumkin, lekin o‘zimni yaxshi his qilmoqdaman. Har bir uchrashuvda o‘sishga harakat qilaman.
Men bu erga oddiy o‘yin o‘tkazish uchun emas, balki, yana chempion bo‘lish uchun keldim", - deydi M.Sh arapova.
Fikrlar