Marchelo Lippi iste’foga chiqdi

  • 25 yanvar, 2019, 10:29
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyi Marchelo Lippi Osiyo kubogi-2019 chorak finalida Eron terma jamoasiga qarshi (0:3) kechgan o‘yindan keyingi matbuot anjumanida jamoadan ketishini aytib o‘tdi.

Tecno

"Bu uchrashuv bilan mening Xitoy termasi bilan shartnomam nihoyasiga etadi. Men uchun  Xitoy kabi buyuk mamlakat jamoasini boshqarish bu sharaf. Meni qo‘llab-quvvatlagan bargacha rahmat.

Eronga qarshi bahslarda xato qilish mumkin emas, ular buni kechirishmaydi. Bularning hammasi konsentratsiyaning etishmovchiligidan. Bu o‘yin qiyin bo‘lishi mumkin, ammo bunday tarzda mag‘lub bo‘lish mumkin emas. Shunga qaramay o‘zalarini yaxshi ko‘rsata olgan futbolchilarimga minnatdorchiligimni bildirib o‘taman", - dedi italiyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!