Marat Bikmaev 10 mln so‘mga jarimaga tortildi va ikkita o‘yinga chetlatildi

  • 17 sentabr, 2018, 21:14
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Natijada o‘yinni boshqarib borgan hakam – Vladislav Tseytlin ushbu futbolchini maydondan chetlatdi.

Tecno

Vladislav Tseytlin yozma bildirgi orqali ushbu vaziyatga izoh berarkan, Bikmaev avvaliga zaxira hakamini, so‘ngra butun hakamlar guruhini haqorat qilganini ma’lum qildi. Bu haqda PFL rasmiy sayti xabar bermoqda.

Mazkur vaziyat atroflicha o‘rganib chiqildi va Musobaqalar reglamentining intizomiy va jarimalar kodeksi 3-bo‘lim, 5.45 bandining “E” qismini qo‘pol ravishda buzgani e’tirof etilgan Marat Bikmaev navbatdagi ikkita rasmiy uchrashuvdan chetlatildi va futbolchiga nisbatan 10 000 000 so‘m miqdorida jarima belgilandi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!