
Maradona: Messi hech qachon etakchi bo‘la olmaydi
Argentinalik futbol afsonasi Diego Maradona "Barselona"dagi hamyurti Lionel Messi hech qachon “albasetlar” etakchisiga aylana olmasligini aytdi.
“Men Messini butun yuragim bilan yaxshi ko‘raman, u – haqiqiy afsona. Argentina terma jamoasida esa uni etakchi bo‘lishini xohlashmoqda, ammo u hech qachon bunday bo‘la olmaydi”, - deydi Maradona.
Eslatib o‘tamiz, JCh-2018 dagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng Messi terma jamoadagi faoliyatini noma’lum muddatga to‘xtatishga qaror qilgan edi.
Fikrlar