
“Manchester Siti” loyihasini yaqin 10 yilda nima kutmoqda?
“Manchester Siti”ni nima kutmoqda? Maydonda va uning tashqarisidagi pozitsiyasi qanday bo‘ladi? Klub bilan uch yillik shartnomasi bor Pep Gvardiola qo‘li ostida “shaharliklar” yanada jozibador va jahon rekordini o‘rnatuvchi klub sifatida beshinchi marta Premer Ligani yutishga umid qilmoqda.
O‘z biznesini yo‘lga qo‘yib olgan klub 2014-15-yilgi mavsumdan boshlab foydaga kirgan. Bu o‘z navbatida “Manchester Siti” va unga dunyo bo‘ylab bog‘langan “farm-klublar” chegara bilmasa kerak.
Biroq klub rahbariyati 2010-yildan boshlab uning muxlislari jahon miqyosida to‘rt karra oshganini e’tirof etishdi. Gvardiola shogirdlari musobaqalarni yutishda davom etaversa yana yangi muxlislar ular safiga qo‘shilishlari mumkin.
Klubning qaror qabul qiluvchilari bitta futbolchi uchun 200 million funt sarflashni istamasliklarini aytishdi. Ammo fakt shuki ular istasalar buni bajara olishadi. Kelajak loyixalari uchun bu ham bir yondashuv deyishimiz mumkin.
“Biz “Etixad”ni kengaytirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqyapmiz, ko‘ryapmizki, kelgusi o‘n yillikda bu etarli bo‘lmasligi mumkin. Biz klub, muxlislar va biznesimiz uchun to‘g‘ri bo‘lgan vaqtda uni kengaytiramiz.” – deydi klubning infrastrukturasi bo‘yicha mas’ul Bredshou.
Boz ustiga, “Etixad” stadioni atrofida kamtarona loyihalar amalga oshiriladi. Shulardan biri Manchester Metropoloitan Universitetining stadion yonida yangi fakultetini ochishi hisoblanadi. Bu esa stadionga to‘liq 3 ming talabani jalb qilish imkoniyatini tug‘diradi. Shuningdek, klub Eshton kanalini shahar bilan bog‘lash imkoniyatini ko‘rib chiqmoda. Bu ham klubning g‘aznasiga ijobiy tomondan ta’sir qilishi mumkin.
“Agarda Xitoy Super Ligasiga nazar tashlasangiz, klublarning futbolchilar transferi uchun katta investitsiya kiritishgani oqibatida yuqori inflyatsiya yuz berganini guvohi bo‘lasiz. Biz bunday yondashuvni haqiqatdan yiroq degan fikrdamiz. Shu sababli biz muqobil yo‘llarni qidira boshladik. O‘zimiz mavjud bo‘lgan bozorda investitsiyalar borasida ko‘p ishlar qilmadik, masalan “Nyu-York”ni olaylik.” – deydi yana bir klub mutasaddisi Omar Berrada.
Berrada “Nyu-York”ka yo‘naltirigan ishlarini yangi bir bozorda ochishga tayyor, biroq bu qulay sharoitlarda kechishi kerak, deydi.
Bunday tavakkal ishlar mahalliy birlashmalarni rivojlantirish bilan birga foyda ko‘rishni ham nazarda tutadi.
“Barcha skandinaviyaliklarni Liverpulda ko‘rsak, yoki Manchesterdagi turistlar rasmga olayotganini ko‘rsak kulishga va hazillashishga o‘rgangandik. Biroq haqiqat shuki, ular bizga kelishni istmashmasdi. Chunki biz muvaffaqiyatli emasdik. Endi ular bizning bo‘lagimizga aylanishgan” – deydi klub rasmiy muxlislari bosh kotibi Kevin Parker.
Yangi muxlislarni jalb qilish uchun harakat cho‘qqisiga chiqmoqda. Bunda klub nafaqat ularning qo‘llab-quvvatlashiga, balki sodiq muxlislarga aylanishiga qulay shart-sharoitlarni yaratishni maqsad qilgan.
Shu sababli klub muxlislarga yangi xizmat turlari va imkoniyatlar taqdim qilmoqda. Shulardan biri “Siti maydoni” loyihasi. O‘yin kunlari stadion bo‘ylab tekin wi-fi zonalar, o‘zaro muloqot olib borishlari uchun yangi imkoniyatlar taqdim qila boshladi.
May oyida bilet narxlari oshirilganiga qaramay, ko‘plab muxlislar bunga e’tiroz bildirganicha yo‘q. Qolganlar esa nega foydaga kirgan klublar bilet narxlarini ko‘tarishadi degan savolga javob qidirishmoqda.
“Bunday emas. O‘ylashimcha, bilet narxi masalasiga kengroq qarashimiz kerak. Biz 2009-10-yildan beri Premer Ligada eng arzon mavsumiy bilet 250 funtga egamiz. Faqatgina bir marta “Stok Siti” bizdan 5 funtga arzonroq qilgan edi.” – deydi Berrarda.
Agarda “City Football Group” jozibador uslubda g‘alabali yurishini davom ettirsa, ularni kelgusi o‘n yillikda ham omadli yillar kutib turgani aniq.
Fikrlar