
“Manchester Siti” Zinchenkoni “Betis”ga sotishni istamadi, lekin...
Ispaniyaning “Betis” klubi “Manchester Siti” yarim himoyachisi Aleksandr Zinchenkoning transferi borasida hamon muzokaralarni davom ettirmoqda.
El Desmarque nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “shaharliklar” ispan klubining 21 yoshli ukrainalik futbolchi borasida yuborgan 12 million evrolik taklifini rad etishgan. Biroq, Zinchenko “Betis”da ijara asosida o‘ynashi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Zinchenko uchun shuningdek «Jirona» va «Seltik» klublari ham kurash olib borishmoqda.
Fikrlar