
"Manchester Siti" "Real" etakchisini sotib olmoqchi
"Manchester Siti" klubi yana “Real” xavbeki Toni Kroosni sotib olish rejasiga yana qaytdi. Bu haqda goal.com nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra 28 yoshli germaniyalik futbolchiga shaxsan jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jiddiy qiziqish bildirmoqda. Ta’kidlash kerakki, Kroos "Bavariya"da aynan kataloniyalik mutaxassis qo‘l ostida to‘p surgan va shu bois Gvardiola ushbu futbolchining imkoniyatlarini yaxshi biladi.
Ma’lumot uchun, Kroos joriy mavsum “Real” safida jami 10ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar