
"Manchester Siti" Jo Xartga yangi jamoa topishida yordam bermoqchi
"Manchester Siti" klubi rahbariyati Jo Xartga yangi jamoa topishga yordam bermoqchi.
The Times nashrining yozishicha, "shaharliklar" 31 yoshli ingliz darvozabonining narxini 5 million funt sterlinggacha tushirishga qaror qildi. Hozirda bu futbolchiga "Fenerbaxche" va "Byornli" klublari qiziqish bildirmoqda.
Xart o‘tgan mavsumni "Vest Xem" safida ijara asosida o‘tkazdi. U barcha turnirlarda 23 o‘yinda 42 ta gol o‘tkazib yuborgan.
Fikrlar