"Manchester Siti" 23 yoshli amerikalik darvozabon bilan kelishuvga erishdi

  • 12 dekabr, 2018, 10:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" AQShning "Kolumbus Kryu" klubi darvozaboni Zak Steffen bilan kelishuvga erishdi.

Tecno

Unga ko‘ra 23 yoshli AQShlik posbon “shaharliklar” safiga kelgusi yilning iyulida kelib qo‘shiladi. Biroq, shunda ham u mavsumni APLda o‘tkazmaydi. “Siti” rahbariyati ushbu darvozabonni “Jirona”ga ijaraga berib yuborishni rejalashtirishmoqda.

Hozircha shartnoma bandlari oshkor etilmayapti. Ammo, ma’lumotlarga qaraganda Steffen "Kolumbus Kryu" klubi tarixidagi eng qimmatbaho futbolchiga aylanadi.

Ma’lumot uchun, Steffen joriy mavsum MLSda jami 32ta o‘yinda maydonga tushdi va shularning 11tasida o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!