
Malkom uchun "Liverpul" ham kurashga qo‘shildi
"Liverpul" klubi "Barselona" vingeri Malkomning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Le 10 Sport nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra mersisaydliklar 21 yoshli braziliyalik futbolchini yozgi transferlar davrida sotib olishni rejalashtirishmoqda.
Qayd etish lozimki Malkomga shuningdek APLning boshqa bir grandlari - "Arsenal" va "Tottenxem"dan ham qiziqishlar mavjud.
Ma’lumot uchun, Malkom “Barselona” safiga 2018 yilning yozida 41 mln evro evaziga “Bordo”dan kelib qo‘shilgan edi. U joriy mavsum 14ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning amaldagi shartnomasi esa 2023 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar