
Malkom "Barselona"dan ketishga qaror qildi
"Barselona" vingeri Malkom tez orada jamoadan ketishi mumkin. Bu haqda COPE nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra 21 yoshli braziliyalik futbolchi “Kamp Nou”ga kelganiga garchi endigina yarim yil bo‘lgan bo‘lsada, jamoada o‘z o‘rniga ega bo‘la olmagani bois faoliyatini boshqa erda davom ettirishga qaror qilgan.
Malkomga “Roma”dan jiddiy takliflar bo‘lmoqda. Shuningdek APL va Xitoy klublaridan ham qiziqishlar mavjud.
Ma’lumot uchun, “Barselona”ga 2018 yilning yozida “Bordo”dan ko‘chib o‘tgan Malkom joriy mavsum 10ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning transferi esa 40 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar