
MYu o‘zining ikki tajribali futbolchisiga yangi shartnoma taklif qilmoqchi
"Manchester Yunayted" klubi o‘zining ikki nafar tajribali futbolchisini jamoada olib qolmoqchi.
Daily Mail nashri tarqatgan xabarga qaraganda “qizil iblislar” rahbariyati himoyachi Eshli Yang va yarim himoyachi Xuan Matalarga yangi shartnoma taklif qiladi. Qayd etish lozimki, ushbu futbolchilarning klub bilan amaldagi shartnomalari joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi.
Eslatib o‘tamiz, 33 yoshli Yangga "Inter" va "Roma"dan, 30 yoshli Mataga esa "Real", "Barselona", PSJ, "Yuventus" va "Arsenal" klublaridan qiziqishlar mavjud.
Fikrlar