
MYu himoyachisi mavsumni London klubida yakunlashi mumkin
"Manchester Yunayted" himoyachisi Matteo Darmian APLning boshqa jamoasiga o‘tishga yaqin turibdi.
Goal.com tarqatgan xabarga qaraganda 29 yoshli italiyalik futbolchiga “Fulxem”dan jiddiy taklif bo‘lmoqda. Londonliklar uni keyinchalik sotib olish huquqi bilan mavsum yakuniga qadar ijaraga olishmoqchi. O‘z navbatida MYu safida etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmayotgan Darmian ham ushbu taklifga qarshi emas.
Ma’lumot uchun, Darmian joriy mavsum “Manchester Yunayted” safida APLda bor yo‘g‘i 3ta o‘yinda ishtirok etdi holos.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Darmianga A Seriya grandlaridan ham qiziqishlar mavjudligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar