
Lukaku: "Yuventus" - Evropaning eng kuchli jamoalaridan biri
"Manchester Yunayted" klubi forvardi Romelu Lukaku "Yuventus"ni Evropaning kuchli beshlik chempionatlaridagi eng kuchli klublardan biri deb hisoblashini aytdi.
“Yuventus” yagona rivojlanish strategiyasiga ega va bu jamoaning oldinga qadam bosishiga yordam beradi. Shubhasiz, men “Yuventus”ni Evropaning eng kuchli klublaridan biri sifatida e’tirof etgan bo‘lardim.
Ha ularda Krishtianu Ronaldu bor, ammo qolgan futbolchilarni ham unutmaslik lozim. Paulo Dibala va Duglas Kosta ana shundaylardan. “Manchester Yunayted” joylashgan guruh oson emas. Biroq, bizning oldimizga guruhda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritish vazifasi qo‘yilgan”, - deydi belgiyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, 23 oktyabr kuni ushbu jamoalar Chempionlar ligasi guruh bosqich 3-turida o‘zaro kuch sinashishadi.
Fikrlar