
Luis Enrike Ispaniya terma jamoasining asosiy tarkibiga kimlar munosib ekanligini aytdi
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike Uelsga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi oldidan o‘z fikrini bildirdi.
- Terma jamoaning yig‘iniga chaqirilganlar va mashg‘ulotlarda yaxshi mehnat qilganlar o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishadi. Xabaringiz bor, mening boshchiligimda bir necha mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi, biroq faqatgina bir mashg‘ulot davomida futbolchilar katta ishtiyoq bilan harakat qilishdi.
Bu bahs bizga hech qanday ochko bermasam xam, biz uchun bo‘lajak uchrashuv katta ahamiyatga egadir. O‘yin uslubimizni o‘zgartirishga hojat yo‘q. Uelsga qarshi uchrashuvda Beylning harakatlarini alohida tahlil qilish darkor, u jamoaga tezlik hamda xujumda katta yordam beradi, - dedi Enrike.
Fikrlar