
“Los-Anjeles” 2018 yilda Chicharitoni xarid qilmoqchi
2018 yilda MLSda “Los-Anjeles” klubi faoliyatini boshlaydi. Klub rahbariyati esa “Bayer”ning meksikalik hujumchisi Xaver Ernandesga qiziqish bildirmoqda.
AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “Bayer”ning futbolchi bilan shartnomasi 2018 yil yozida yakuniga etadi. O‘shanda “Los-Anjeles” meksikalik futbolchini katta bo‘lmagan mablag‘ evaziga tarkibga qo‘shib olishni rejalashtirgan. Jamoa bahorda yangi bosh murabbiy nomini e’lon qiladi.
28 yoshli futbolchi bu mavsum 24 o‘yinda maydonga tushib, 7 gol (4 pas)ga mualliflik qilgan.
Fikrlar