London klublariga Evropaning eng iqtidorli hujumchisi kerak

  • 29 mart, 2017, 10:35
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya premer-ligasida London shahri sharafini himoya qilayotgan "Arsenal" va "Tottenxem" jamoalari o‘z tarkibiga mohir hujumchi olishga harakat qilmoqda.

Tecno
 

Ayni paytda har ikki klubning nigohi Italiya chempionatida "Sampdoriya" uchun o‘ynayotgan chexiyalik hujumchi Patrik Shikka qaratilgan.

Patrik Shik bugungi kunida Evropaning eng iqtidorli hujumchilaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Shunga yarasha uning transfer summasi 25 million evroga baholanmoqda.

21 yoshli futbolchining agenti Pavel Pashka bugun Arsen Venger bilan va undan keyin "Tottenxem" skauti Stiv Xitchen bilan muzokara o‘tkazadi.

Patrik Shik joriy mavsumda Italiya chempionatida 23 ta uchrashuv o‘tkazib, ettita gol urdi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!