“Lokomotiv” “Milan” hujumchisiga qiziqish bildirmoqda

  • 2 avgust, 2018, 22:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hamyurtimiz Vitaliy Denisov to‘p suradigan Moskvaning “Lokomotiv” klubi “Milan” forvardi Karlos Bakkaga jiddiy qiziqish bildira boshladi.

Tecno

Rossiya nashrlari tarqatgan xabarga ko‘ra “temiryo‘lchilar” 31 yoshli kolumbiyalik futbolchini joriy yozgi transferlar davridayoq qo‘lga kiritishmoqchi. Ammo, ular uchun ushbu transferni amalga oshirish biroz mushkul bo‘lishi mumkin. Chunki, Bakka ayni damda Ispaniya chempionatiga qaytish istagini bildirmoqda. “Milan” esa futbolchini 15 mln evroga baholamoqda.

Ma’lumot uchun, Bakka o‘tgan mavsumni ijara asosida “Vilyarreal” safida o‘tkazgan va jami 43ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 18ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!