
“Lion” murabbiyi EChL nimchorak finalida “Real” bilan o‘ynamoqchi
Frantsiyaning “Lion” klubi bosh murabbiyi Bruno Jenezio Evropa chempionlar ligasi 1/8 finaliga qur’a tashlash marosimidan oldin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Frantsuz klubi “Manchester Siti”, “Shaxtyor” va “Xoffenxaym” bilan bir guruhdan o‘rin olib, ikkinchi o‘rinni egallagan.
– “Lion”ga bu og‘irlik qilmaydi. Har qanday holatda biz kuchli jamoa bilan o‘ynashimizga to‘g‘ri keladi. Biz taqdirda nima bo‘lsa o‘shani qabul qilishga majburmiz. Shaxsan men shaharga Karim Benzemaning qaytishini istagan bo‘lardim, – deydi Jenezio.
Fikrlar